Чтение онлайн

ЖАНРЫ

Шрифт:

Ikkinchi sentabr kuni opaning oldiga bordik. Gapni uzoqdan boshladim: oilada yolg‘iz o‘g‘illigim, ota-onam meni odam bo‘lsin deb, ToshDUga7 kirishimni bir umr orzu qilgani…

– Nima demoqchisan? – so‘radi Xatira opa.

– Biz o‘qishni ko‘chirmoqchi edik. Siz dam olishga ketgan ekansiz. Shunga, nomingizdan o‘zimizga «uch» baho qo‘yib… Uzr endi, opa…

To‘g‘risini aytsam, Xatira opaning bunchalik jahli chiqishini kutmagandim. Xuddi men «zachyotka»ga baho emas, vasiyatnomasiga qalbaki imzo qo‘ygandek, birdaniga portlab ketdi.

– Bu nimasi, Komiljon? Axir bu jinoyat-ku! Noqonuniy ish qilgansiz!

Xatira opa gapirgani sayin nima ish qilib qo‘yganimni, qalbaki «uch» arzimagan narsa emasligini tushunib yeta boshladim. U bizni rektorning yoniga sudrab bordi: «Agar bu ikkovini hoziroq institutdan haydamasangiz, men ketaman!» – deb shart qo‘ydi. Qattiq turib oldi. Chunki talabaning, ustiga ustak kelajakda mafkurani belgilaydigan talabalarning yolg‘onini kechirib bo‘lmaydi. Shuncha yalinsak ham, opa ko‘nmadi. Ikki oyog‘ini bir etikka tiqvoldi. Pul ham, tanish-bilish ham yordam bermadi.

Onamni chaqirtirib, shartta: «O‘g‘lingiz institutdan haydaldi», – deb e’lon qilishdi. O‘sha yerning o‘zida hushlaridan ketib qolmasinlar ishqilib, deb qo‘rqib turdim.

Oyim bilan Kosmonavtlar xiyobonidan jimgina yurib ketyapmiz. Kayfiyat rasvo. Sekin gap boshladilar:

– Mayli, Komiljon. Bildim, sendan katta odam chiqmas ekan. O‘zi rabochiyning bolasi rabochiy bo‘lar ekan-da. Hechqisi yo‘q, hozir adangning ishxonalariga boramiz, seni o‘zlariga yordamchi qilib oladilar. Hunarli bo‘lish ham yaxshi narsa. Moshina tuzatib non topasan.

Undan ko‘ra, tarsaki tushirganlari ming marta yaxshi edi. Onamning bor umidlari mendan, menga ishonardilar. Men bo‘lsam shuni bilib turib, pand berdim.

2002-yil

Mana endi chalamulla talabani vazirlikka ishga olishyapti. Xatira opadan ko‘pam xafa bo‘lmadim. Bu voqeadan katta saboq oldim, qaysidir ma’noda o‘sishimga ham shu sabab bo‘ldi. Eng asosiysi, yolg‘on ertami-kechmi fosh bo‘lishini vaqtida tushunib yetdim. Yolg‘onni ichingda saqlab, qachondir oshkor bo‘lishidan qo‘rqib yashagandan ko‘ra, qilmishingga yarasha o‘sha zahoti jazo olgan yaxshiroq ekan. Boshida FVV formasida, guvohnomamni ko‘tarib Xatira opaning oldiga bormoqchi bo‘lib yurdim. «Mana, kim bo‘lganimni bir ko‘rib qo‘ying…», – degim kelardi. Vaqt o‘tib, mening kelajagimga aynan Xatira opa turtki berganini tan oldim. U ustozning oldiga anchadan keyin bordim. Nimalarga erishganimni gapirib berdim. Lekin suhbatimiz umuman boshqa ohangda bo‘ldi.

U vaqtda esa mendan baxtli odam yo‘q edi. Hamma orzularim ushala boshlagan, oldinda meni omadli parvoz kutayotgandek edi.

Bu shiddatli parvoz to‘qqiz yil davom etdi. Shuncha yil har bitta ikir-chikirga e’tibor beradigan, talabchan perfeksionistning qo‘l ostida jonimni berib, bayram, dam olish nimaligini bilmay ishladim. Yo hammasini qoyil qilib qo‘yasan, yoki umuman keraging yo‘q. O‘shanda bir narsani sezganman – o‘zimga dushman orttirishga usta ekanman. Bu «fazilatim»dan umr bo‘yi qutulolmadim.

FVV matbuot xizmatida. «Qamchiq» maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi faoliyati haqida reportaj tasvirga olinyapti.

Bir yil ichida FVVning axborot tizimini yaxshigina o‘zlashtirib oldim. Mendan doim yangi g‘oyalar qaynab chiqar va ular Parpiyevga ma’qul kelardi. Muhimi, men bu g‘oyalarni ro‘yobga chiqara olardim. Lekin kimdir ishimga aralashsa chidolmasdim, vazir o‘rinbosarlari bilan tengma-teng gaplashar edim. Bir yilda ishini qoyil qilib bajaradigan mutaxassis deb hisoblay boshladim o‘zimni. Qizig‘i, mening hech kim bilan ishim bo‘lmasa ham, atrofdagilar nimagadir nuqul mening ishimga aralashar edi. Bu xuddi osh pishirish uchun oshpaz chaqirib qo‘yib, keyin uning tepasida turib, «guruchini kam sopsan, yog‘ni ko‘p quyvoribsan», degandek gap. Indamay, o‘ziga qo‘yib ber, oldin oshni damlasin, o‘xshata olmasa, ana undan keyin tanqid qil! Yo‘q, men bir ish qilsam, hamma burnini suqishi shart! Bunga chidolmasdim, shuning uchun Komil Allamjonovni betgachopar, o‘jar deb bilishardi. Bir ahmoq yoki tantiq bo‘lsam ham mayli ekan, ammo men ishimni qoyillatib bajarardim! Hamma mening «surbetligim» sababini qidira boshladi.

Hatto hukumatdagilar ham o‘ylashib gaplashadigan, uncha-munchani yaqiniga yo‘latmaydigan, kamgap, odamovi Parpiyev nima uchun bolasi tengi bu yigitchani yetaklab yurganini hech kim tushunmasdi. Oldiniga FVVga ishga oldi, keyin Bojxona qo‘mitasiga, undan keyin Soliq xizmatiga. Bu bolaning nimasiga ishonadi? Qarindoshi ekani aniq! Qarabsizki, bu bola generalning jiyani ekan, shuning uchun uni ko‘tarko‘tar qilyapti, degan mish-mishlar tarqaldi. Bu gaplarga mixday dalil ham topildi, Parpiyev – andijonlik, otasi Marg‘ilondan. Mening bobom ham asli farg‘onalik. Demak, amaki-jiyanmiz! Vodiyda hamma bir-biriga qarindosh, begonasi yo‘q.

Многие люди не понимают, что доверие зарабатывается трудом, а лояльность – хорошим и справедливым отношением. Им даже в голову такое не может прийти, они могут оправдать доверие только родственной связью.

Aslida generalning ishonchiga kirganimning sababi oddiy. U juda qattiqqo‘l edi. Yolg‘onni, xatoni kechirishi qiyin, soxtalikni yomon ko‘rardi. Mening adashishga haqqim yo‘q edi. U na shaxsiy hayotim, na bo‘sh vaqtim bo‘lishini tan olar, o‘zi ham tinimsiz ishlar, boshqalarni ham tindirmasdi. Men ham xuddi shunday ishlardim. Qila olmayman, qo‘limdan kelmaydi, charchadim, uyga, oyimning oldiga borgim kelyapti, deyishim mumkin emasdi. Uning ishonchini oqlashim shart edi. Buyruqlarini so‘zsiz bajarardim, e’tiroz bildirmasdim, erinchoqlik qilmasdim. Botir Rahmatovich professional xodimlarning qadriga yetardi. Shunday ishlaganim, doim unga yoqadigan natijani bera olganim uchun ham meni bir tashkilotdan ikkinchisiga o‘zi bilan olib yurar edi. Unga «jiyan» ekanimni keyinroq, «Uzmetronom»dagi 8maqoladan bildi.

Ishonch mehnatning orqasidan, sadoqat esa yaxshi va adolatli munosabat tufayli keladi. Lekin buni ko‘pchilik tushunmaydi. Odamlar faqat qarindoshlarga orqa qilish mumkin deb o‘ylashadi.

Parpiyev FVVdan ketganidan keyin men ham u yerda uzoq ishlamadim. Lekin bu tashkilotning axborot xizmati saviyasini aynan men yangi bosqichga ko‘tardim, deb o‘ylayman.

U paytda odamlar FVV haqida hech nima bilmasdi, umuman, qutqaruvchilar borligidan ham bexabar edi.

Boshqarma boshlig‘i polkovnik Ergash Ikromov tozalikka katta e’tibor berardi. U boshqarmaga kirib kelganida hovli chinniday bo‘lishi, kabinetida isiriq tutatilishi shart edi. Idora hovlisiga har kuni suv sepib, supurib qo‘yilar, qutqaruv mashinalari yaraqlab, biror marta ishlatilmagan texnika yap-yangiligicha turardi.

Boshida ishimiz ko‘zga ko‘rinishi uchun oldin bo‘lib o‘tgan voqealarni sahnalashtirib, tasvirga oldik. Xuddi kinolardagidek, «jarohatlangan» haydovchilarning yuziga qon o‘rniga ketchup surtilardi. Suv toshqinlari, yong‘inlarni o‘quv mashqlariga o‘xshatib uyushtirdik. FVV qanday ishlayotganini ko‘rsatish uchun bu qahramonliklarni efirga berdik. Keyinchalik joylarga kamera bilan borib, favqulodda vaziyatlarni jonli tarzda suratga oladigan bo‘ldik.

Ko‘rsatuv ommalashib, odamlar Qutqaruv xizmatining 050 raqamiga qo‘ng‘iroq qila boshladi. Qutqaruvchilarning qo‘li qo‘liga tegmasdi: liftda qamalib qolganlar bormi, quduqqa tushib ketgan mushuk bormi…

Esimda, bir kishi «Jemchug»9 do‘koni tepasidagi uyning to‘qqizinchi qavatidan o‘zini tashlamoqchi bo‘libdi. Turli xizmat vakillari yetib keldi, qutqaruvchilar uni zo‘rg‘a to‘xtatib qolishdi. «Odam hayotga bir marta keladi, hali hammasi zo‘r bo‘ladi», – deb yaxshi gapirib, xuddi Amerika kinolaridagidek rosa to‘rt soat nasihat qilishdi. Oxiri amallab ko‘ndirishdi. Pastga tushganida esa ketiga boplab tepib, so‘kib-so‘kib, o‘z joniga qasd qilgani uchun jinnixonaga yuborishdi. U shuncha odamning to‘rt soat vaqtini o‘g‘irladi!

Поделиться с друзьями: